O’zAvto tomonidan Investorlar kuni

Avtomobilsozlik sanoatiga to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, uning raqobatbardoshligi va ishlab chiqarish quvvatini rivojlantirish maqsadida «O’zavtosanoat» AK Investorlar kunini e’lon qiladi.

Potentsial investorlar bilan yaqin hamkorlik qilish uchun 17 apreldan boshlab har chorshanba Investorlar kuni o’tkaziladi.

Tadbirda «O’zavtosanoat» AK loyihalarida ishtirok etishni istagan barcha shaxslar ishtirok etishlari mumkin. Tadbir davomida ishtirokchilarga kompaniya va sohaning investitsiyaviy loyihalari haqida ma’lumot beriladi.

«Investor kuni»: Amir Temur shoh ko’chasi, 13. «O’zAvto» binosi.