«Qishloq xo’jaligi – UzAgroExpo 2019» xalqaro ko’rgazmasi

27-29 noyabr kunlari «O’zekspomarkaz» ning markaziy pavilyonida «Qishloq xo’jaligi – UzAgroExpo 2019» 15-xalqaro ko’rgazmasi bo’lib o’tadi.

Ko’rgazma O’zbekistonning kuzgi mavsumidagi eng yirik sanoat tadbiridir. «UzAgroExpo» ko’rgazmasida zamonaviy qishloq xo’jaligi texnikasi va ehtiyot qismlari, o’simliklarni etishtirish uchun asbob-uskunalar, texnologiyalar va materiallar, chorvachilik, veterinariya tibbiyoti, o’simlik va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash, tashish va saqlashga ixtisoslashgan korxona va tashkilotlar ishtirok etmoqda.

Ko’rgazmaning asosiy bo’limlari:

qishloq xo’jaligi texnikasi;

veterinariya tibbiyoti;

bog’dorchilik;

bog’dorchilik va parklarni jihozlash;

xizmatlar.

Kirish bepul.

Ma’lumot uchun telefonlar: (+998) 71-238-5782, (+998) 71-238-5987.