ItConf.Asia xalqaro forumi

16 noyabr kuni Toshkentda birinchi ItConf.Asia xalqaro forumi bo’lib o’tadi. Asosiy mavzular blockchain, marketing, investitsiya, raqamli ta’lim, iOt va AI bo‘ladi. Tadbirda 15 mamlakatdan (O’zbekiston, Qozog’iston, Rossiya, Xitoy, Janubiy Koreya, AQSh va boshqalar) 26 ta asosiy ma’ruzachilar ishtirok etadi.

IT-segmentida investitsiyalar, raqamli ta’lim va mavjud texnologik loyihalar holatlariga alohida e’tibor qaratiladi.

Maqsadli auditoriya bu investorlar, rahbarlar, kompaniya egalari, shuningdek davlat tashkilotlari xodimlari, davlat xizmatchilari.

Raqamli konchilikka bag’ishlangan Okschain markazlashtirilmagan moliyaviy tizim va Terra Crypto ixtisoslashgan sanoat forumi forum tashkilotchilari hisoblanadi. Forumning hamkori – O’zbekiston yoshlar ittifoqi.

Tadbir haqida ko’proq veb-sayt orqali bilib oling: itconf.asia