22 Aprel 2022

“ACWA Power” Oʼzbekistonda oʼz mavqeini mustahkamlamoqchi

Аr – Riyod shahrida Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʼrinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Saudiya Аrabistonining “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Аbunayan bilan uchrashdi.

Uchrashuv chogʼida saudiyalik investor tomonidan mamlakatda amalga oshirilayotgan energetik loyihalarning hozirgi holati, ularni kengaytirish imkoniyatlari, shuningdek, kompaniyaning Oʼzbekistondagi investitsiya portfelini koʼpaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

“ACWA Power” – Oʼzbekistonning anʼanaviy va muqobil energetika sohalaridagi eng yirik hamkorlaridan biridir. Uning hozirgi investitsiyaviya portfelida umumiy qiymati qariyb 2,5 mlrd dollarlik 4 ta loyiha bor. Saudiya Аrabistoni kompaniyasi tomonidan mamlakatda yaratilgan energiyani ishlab chiqaruvchi quvvatlarining umumiy hajmi 2,6 GVtdan oshadi.

Tomonlar qurilish ishlarini jadallashtirish va amalga oshirilayotgan loyihalarning muvaffaqiyatli yakunlanishini taʼminlash boʼyicha navbatdagi tadbirlarni muhokama qildilar. Ularning amalga oshirilishi mamlakatning umumiy energiya ishlab chiqarish quvvatida qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ulushini 2026-yilga kelib 25 foizga yetkazish boʼyicha rejalashtirilgan ishlarning amalga oshirilishiga katta hissa qoʼshadi.

Energetika sohasining jadal rivojlanishi Oʼzbekistonda korxonalari energetika loyihalariga boʼlgan talabni taʼminlay oladigan turdosh tarmoqlarning rivojlanishiga ham turtki berishi taʼkidlandi.

Shuningdek, mamlakat energetika sohasi uchun inson resurslarini mustahkamlash boʼyicha chora-tadbirlar koʼrib chiqildi. Oʼzbekistonning ixtisoslashgan oliy oʼquv yurtlari talabalari va bitiruvchilari uchun ilgʼor texnologik yechimlar va xalqaro standartlar asosida qayta tiklanadigan energiya obʼektlarini qurish va ulardan foydalanish boʼyicha tajriba orttirishlari uchun “ACWA Power” obʼektlarida maxsus treninglar va stajirovkalarni tashkil qilish boʼyicha kelishuvga erishildi.

Tomonlar, shuningdek, yaqin kelajakda “ACWA Power” kompaniyasini jalb qilgan holda keyinchalik amalga oshirish uchun yangi istiqbolli loyihalar roʼyxatini tayyorlash va muvofiqlashtirishga kelishib oldilar.

Uchrashuv yakunida Saudiya Аrabistoni investolari Oʼzbekiston tomonining qoʼshma loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish va uzoq muddatli istiqbolda sheriklikni yanada kengaytirishga sodiqligini bildirishdi.