06 Iyun 2022

Baku Energy Week: Uzbekistan GTL va Sasol hamkorlikni kengaytirmoqda

2022-yil 2-iyun kuni Sasol va Uzbekistan GTL past haroratli Fischer-Tropsch™ (LTFT™) katalizatorlarini yetkazib berish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi.

Imzolanish Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida boʻlib oʻtayotgan Kaspiy mintaqasi energetika sohasidagi eng nufuzli tadbirlardan biri boʻlgan Baku energiya haftaligi doirasida 27-Kaspiy neft va gaz xalqaro koʻrgazmasida boʻlib oʻtdi.

Memorandum Sasol va Uzbekistan GTL oʻrtasida 2018-yilda katalizator yetkazib berish boʻyicha dastlabki kelishuvga asoslanadi va yangi avlod Sasol eko (G3) katalizatorini yetkazib berishni oʻz ichiga oladi.

“Oʻzaro anglashuv memorandumi ishonchli hamkorimiz Uzbekistan GTL bilan samarali hamkorligimizni kengaytirishda muhim qadam boʻldi. Biz GTL loyihasining O‘zbekistondagi muvaffaqiyatini katta qiziqish bilan kuzatyapmiz. Ishonchimiz komilki, keyingi avlod katalizatorlarini yetkazib berish ishlab chiqarish jarayonlarimiz samaradorligini yanada oshiradi”, dedi Sasol Chemicals Advanced Materials kompaniyasi vitse-prezidenti doktor Kronje Grove.

Sasol Chemicals kompaniyasining GTL katalizatorlaridagi yetakchilik pozitsiyasi keyingi avlod katalizatorlarini ishlab chiqish va ishlab chiqarishga yo’naltirilgan CARE-O-SENE konsorsiumining yaqinda tashkil etilishi bilan ta’kidlanadi.

Ozarbayjon Davlat neft kompaniyasi – SOCAR taklifiga binoan “O‘zbekneftgaz” AJ Boku energiya haftaligida ishtirok etmoqda.

“Boku energetika haftaligi” Kaspiy mintaqasidagi neft-gaz va energetika sohasining eng nufuzli tadbiri boʻlib, unga Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning ochilish marosimida mezbonlik