19 Iyun 2021

Belorusiyaning MAZ kompaniyasi Nurafshon Business City-da yirik avtoulov markazini ochishni rejalashtirmoqda

2021 yil 16-iyun kuni «INVEST IN UZBEKISTAN» loyihasi va «S.VERENIN’S LEGAL GROUP» Advokatlik firmasi vakillari ishtirokida Belorusiya «Minsk avtomobil zavodi» OAJ (MAZ) korxonasi va «Nurafshon Business City» markazi qurilishi vakillari o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Sarvar Qodirov boshchiligida qurilayotgan Nurafshon Business City markazining direktsiyasi MAZ vakillarini Toshkent viloyatining rivojlanish istiqbollari bilan hamda Nurafshon Business City qurilishining borishi bilan tanishtirdi.

Bundan tashqari, muzokaralar davomida «MAZ» OAJning Toshkent viloyati hududida o’z vakolatxonasini va xizmat ko’rsatish markazini tashkil etish rejalari muhokama qilindi. «MAZ-TOSHKENT» korxonasi direktori Jigunov V.V. qurilayotgan Nurafshon Business City markazi direktsiyasini Toshkent viloyati hududida barpo etilishi rejalashtirilgan MAZ avtosentri loyihasi bilan tanishtirdi.