16 May 2022

Oʻzbekiston biznesi Dehlidagi “Cable and Wire Fair 2022” xalqaro koʻrgazmasida namoyish etiladi

18-20-may kunlari Hindiston poytaxtida “Cable and Wire Fair 2022” xalqaro koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi.

To‘rtinchi bor tashkil etilayotgan mazkur nufuzli ko‘rgazmada “O‘zeltexsanoat” uyushmasiga qarashli 10 ga yaqin korxona o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etishi kutilmoqda.

Mazkur xalqaro ko‘rgazma doirasida O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar namoyishi bilan bir qatorda Hindistonning elektrotexnika sohasidagi yetakchi kompaniya va assotsiatsiyalari bilan sarmoya va eksport hajmini kengaytirish maqsadida bir qator B2B va G2B uchrashuvlarini o‘tkazish ham rejalashtirilgan. mamlakatimiz imkoniyatlari.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilda uchinchi marta o‘tkazilgan “Kabel va simlar yarmarkasi” ko‘rgazmasida dunyoning 20 dan ortiq davlatidan 200 dan ortiq kompaniya o‘z mahsulotlarini namoyish etdi.