01 May 2022

Xotira va qadrlash kuniga o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

Kun.uz muxbirining xabar berishicha, Xotira va qadrlash kunida O‘zbekiston aholisi quyidagi kunlarda dam oladi:

– 2022 yil 8 may – yakshanba (taqvim bo’yicha dam olish kuni);

– 2022 yil 9 may – dushanba (bayram kuni).

Prezidentning 2022-yil 30-apreldagi qaroriga muvofiq, davlat rahbarining 2022-yilda qo‘shimcha dam olish kunlarini belgilash to‘g‘risidagi qaroriga o‘zgartirishlar kiritildi.

Hujjatga ko‘ra, 4-may dam olish kuni deb hisoblanadi, 7-mayga ko‘chirildi. Shunday qilib, 7 may (shanba) hamma uchun ish kuni bo’ladi.