11 Iyun 2022

«Citigroup Inc.» investitsiya banki delegatsiyasi Markaziy bankka tashrif buyurdi

Markaziy bankda «Citigroup Inc.» investitsiya banki rahbariyatining boshqaruvchi direktori Devid Livingston boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi, deb xabar beradi Markaziy bank matbuot xizmati.

Uchrashuvda delegatsiya aʼzolariga Oʻzbekistonning pul-kredit siyosati va bank sektorida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish, milliy valyuta barqarorligini ta’minlash, bank tizimini isloh qilish va barqarorligini ta’minlash bo‘yicha faol chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani, mamlakatimizda makroiqtisodiy vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha ham ishlar amalga oshirilgani ta’kidlandi.

O‘z navbatida, mehmonlar samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, O‘zbekiston bank sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini ta’kidladilar.

Muloqot yakunida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.