17 Mart 2022

2021-yilda O’zbekistonda gaz qazib olish qariyb 8 foizga o‘sdi

“Dunyo” muxbirining xabar berishicha, Oʻzbekistonda 2021-yilda tabiiy gaz qazib olish 2020-yilga nisbatan 7,9 foizga oshib, 53,6 milliard kub metrni tashkil qildi.

Moliya vazirligi maʼlumotlariga koʻra, tabiiy gaz importi 89,3 foizga oshib, 3,3 milliard kub metrni, eksport esa 60,3 foizga oshib, 5,7 milliard kub metrni tashkil qildi. Aholining gaz isteʼmoli 2020-yilga nisbatan 7,5 foizga oshdi. Iqtisodiyot tarmoqlarining tabiiy gaz iste’molidagi ulushi 59 foizga yetib, 30,3 milliard kub metrni tashkil etdi.

2021-yilda elektr energiyasi ishlab chiqarish 7,3 foizga oshib, 71,3 milliard kVt/soatga yetdi. Elektr energiyasi importi 6,2 milliard kVt/soatni tashkil etdi, bu 2020-yilga nisbatan 17,4 foizga ko‘pdir. Eksport deyarli o‘zgarmadi va 2,7 mlrd.kVt/soatni tashkil etdi.