14 May 2022

Qozog‘iston va Ozarbayjon o‘zbek yeryong‘oqlarining asosiy xaridorlariga aylandi

Yanvar-mart oylarida O‘zbekiston 23 davlatga 6,8 million AQSh dollari miqdorida 5,8 ming tonna yeryong‘oq eksport qildi.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, yeryongʻoq eksporti oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1,4 ming tonnaga kamaygan.

Mamlakatimizdan yeryong‘oq import qiluvchi davlatlar orasida Qozog‘iston (1,3 ming tonna) va Ozarbayjon (1,2 ming tonna) so‘zsiz yetakchi bo‘ldi.

Iste’molchilar orasida Rossiya (572 tonna), Xitoy (523 tonna), Afg’oniston (423 tonna), Turkmaniston (414 tonna), Pokiston (325 tonna) va Gollandiya (190 tonna) ham bor.