30 Avgust 2019

Hindiston kompaniyasi Toshkentdagi qurilish loyihalariga 500 million dollar yo’naltiradi

Hindistonning Minerva World of Knowledge kompaniyasi Toshkent tumanlaridan birini qurish uchun 500 million dollar sarmoya kiritmoqda. 29-avgust kuni poytaxt hokimligida bu borada kelishuv imzolandi.

Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo’yicha chora-tadbirlar doirasida 4 oy davomida Toshkentda Hindistonning qurilish sanoatida yetakchi bo’lgan Minerva World of Knowledge kompaniyasi bilan muzokaralar bo’lib o’tdi.

Toshkent shahar hokimligi va Minerva World of Knowledge MChJ o’rtasida bo’lib o’tgan uchrashuvda 500 million dollarlik investitsiya shartnomasi imzolandi.

Kelishuv kelgusi besh yilda Sergeli tumanida turar-joy majmualari, universitetlar va yotoqxonalar, tibbiy va sport inshootlari, maktabgacha ta’lim muassasalari va savdo-ko’ngilochar majmualarni qurishni nazarda tutadi.