02 Noyabr 2022

Xitoy kompaniyalari O‘zbekistonda investitsiyaviy faoliyatni kengaytirishni ko‘rib chiqmoqda

Kecha, 1-noyabr kuni, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi rahbariyati bilan Xitoyning “Universal Energy” va “Bahai Solar Engineering & Technical-Service” kompaniyalari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar chog‘ida mahalliy to‘qimachilik korxonalarini quyosh panellari bilan ta’minlash sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Yaqin vaqt ichida O‘zbekiston tomoni Xitoy kompaniyalarining takliflarini o‘rganib chiqadi.

O‘rganishlar natijalariga ko‘ra xorijiy hamkorlar bilan hamkorlik qilish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Tomonlar oʻrtasida ikki tomonlama anglashuv memorandumini imzolash boʻyicha ham kelishuvga erishildi.