17 Sentyabr 2022

Mirziyoyev “Termiz – Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar” temir yoʻl koridorini qurish loyihasini qoʻllab-quvvatlashga chaqirdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 16-sentabr kuni Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) aʼzo davlatlar Davlat rahbarlari kengashi majlisida nutq soʻzladi.

“Bugun biz ShHTning oʻzaro bogʻliqligini mustahkamlash va samarali transport yoʻlaklarini yaratish konsepsiyasini qabul qilmoqdamiz. Konsepsiyaning asosiy qoidalarini amaliy hayotga tatbiq etish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkiloti ko‘magida Toshkent shahrida mintaqalararo o‘zaro bog‘liqlik markazini tashkil etishni taklif etamiz, – dedi davlatimiz rahbari.

Mirziyoyev sammit doirasida Xitoy-Qirgʻiziston-Oʻzbekiston temir yoʻli qurilishi boʻyicha uch tomonlama shartnoma imzolangani tarixiy voqea ekanini taʼkidladi.

“Biz sizlarni yana bir strategik muhim loyiha – Termiz-Mozori-Sharif-Kobul-Peshovar temir yo‘l koridorini qurishni qo‘llab-quvvatlashga chaqiramiz, – dedi Prezident.

Uning fikricha, mazkur ikki loyihaning amalga oshirilishi o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash, o‘zaro savdo va sarmoyani ko‘paytirish, umuman, ShHT makonida barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash uchun keng imkoniyatlar ochadi.

“Biz transport va kommunikatsiya sohasidagi barcha istiqbolli loyihalarni kelasi yili O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan ShHTning birinchi transport forumi o‘tkaziladigan maydonda muhokama qilishimiz mumkin edi”, — dedi Mirziyoyev.