29 Oktyabr 2019

«Invest in Tashkent Region» xalqaro investitsiya forumi natijalari

Toshkent viloyatida 40 dan ortiq davlatdan 350 nafarga yaqin xorijlik biznes sohasi vakillari, investorlar ishtirok etayotgan «Invest in Tashkent Region» xalqaro investitsion forumining birinchi kunida qiymati 1 milliard dollardan ortiq bo‘lgan kelishuvlarga erishildi. 

Xususan, xorijlik investorlar bilan qishloq xo‘jaligi, qurilish, turizm, tibbiyot, logistika kabi qator yo‘nalishlar bo‘yicha muhim kelishuvlar amalga oshirildi.

Jumladan, Toshkent viloyati hokimligi va Janubiy Koreyaning «Dongil construction» kompaniyasi o‘rtasida loyiha qiymati 400 million dollarni tashkil etuvchi zamonaviy ko‘p tarmoqli shaharcha barpo etish, Xitoyning «Phoenix international wisdom technology investmen» kompaniyasi bilan Nurafshon shahar hokimligi o‘rtasida loyiha qiymati 500 ming dollarni tashkil etuvchi O‘zbekistondagi ilk aqlli shahar — «Smart Sity» qurilishi loyihasi doirasida muhim kelishuvlarga erishildi.

Forum doirasida shuningdek, Eron, Filippin, Turkiya, Germaniya, Rossiya kabi qator davlatlardan kelgan investorlar bilan qator yo‘nalishlarda ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha bitimga erishilib, hujjatlar imzolandi.

«Invest in Tashkent Region» xalqaro forumi yakunlari bo’yicha 1 milliard AQSh dollarilik shartnomalar imzolandi.