14 May 2022

Oʻzbekistonda xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning eng koʻp soni sanoat sektoriga toʻgʻri keladi

Davlat statistika qoʻmitasi Oʻzbekistonda xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni haqidagi maʼlumotlarni eʼlon qildi.

Xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning umumiy soni 1-may holatiga koʻra 13877 boʻlib, shundan 6117 qoʻshma korxonalar, 7760 xorijiy korxonalardir.

Tarmoqlar bo‘yicha xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning eng ko‘pi – 4117 sanoatda, 4038 – savdoda, 1136 – qurilishda, 708 – qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida, 569 – turar joy va oziq-ovqat xizmatlari ko‘rsatish, aloqa – 474, tashish va saqlash – 371, sog’liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar – 216 va boshqa sohalarda – 2248 nafar korxona faoliyat ko‘rsatmoqda.