18 May 2022

Yilning birinchi choragida O‘zbekistonning TOP-10 tashqi savdo hamkorlari ma’lum qilindi

Davlat statistika qoʻmitasi 2022-yilning yanvar-mart oylari uchun Oʻzbekistondan eksport ulushi yuqori boʻlgan mamlakatlar, shuningdek, Oʻzbekiston mahsulotlarini import qiluvchi davlatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qildi.

Maʼlumotlarga koʻra, yilning birinchi choragida Oʻzbekiston mahsulot eksport qilgan mamlakatlar oʻnligida Xitoy birinchi oʻrinni egalladi. Xitoyga eksport hajmi 526 million AQSh dollarini tashkil etdi.

Mamlakatlar quyidagi tartibda keltirilgan:

Rossiya – 485 million dollar;

Turkiya – 381 million dollar;

Qozog‘iston – 231 million dollar;

Qirg‘iziston – 183 million dollar;

Afg‘oniston – 171 million dollar;

Tojikiston – 103 million dollar;

Kanada – 67 million dollar;

Ukraina – 35,6 million dollar;

Eron – 35 million dollar.

Yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga import qilingan mamlakatlar ro‘yxatida Xitoy va Rossiya ham yetakchilik qilmoqda. Ulardan import hajmi mos ravishda 1,661 va 1,380 milliard dollarni tashkil etdi.

Mamlakatlar quyidagi tartibda keltirilgan:

Qozog‘iston – 762 million dollar;

Koreya – 620 million dollar;

Turkiya – 395 million dollar;

Germaniya – 364 million dollar;

Turkmaniston – 155 million dollar;

Hindiston – 154 million dollar;

AQSh – 116 million dollar;

Ukraina – 104,5 million dollar.