08 Sentyabr 2022

Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi

Joriy yilning 6-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi Sharlotta Adrian bilan uchrashdi.

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, moliyaviy-texnikaviy hamkorlikning bugungi holati va rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga kirishi doirasidagi o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Xususan, 2022-yilning yanvaridan iyuligacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 15 foizga oʻsdi va 2,4 milliard dollarni tashkil etdi, bu Oʻzbekistonning GSP+ benefitsiari maqomini olishi tufayli mumkin boʻldi. Ushbu maqomni saqlab qolish va kengaytirishga o’zaro tayyorlik bildirildi.

Tomonlar O‘zbekiston va YeI o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim ikki tomonlama munosabatlarni yanada kengaytirish va texnik jihatdan tartibga solish, sanitariya va fitosanitariya choralari, intellektual mulk huquqlarini himoya qilish, bojxona tartibga solish va boshqa sohalarda Yevropa sarmoyasi va tajribasini jalb qilish orqali iqtisodiy rivojlanishni yaxshilashga yangi sur’at bag‘ishlashiga ishonch bildirdilar. 

O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi doirasidagi o‘zaro hamkorlikning borishi muhokama qilindi. Evropa tomoni ushbu jarayonga texnik va maslahat yordamini ko’rsatishni davom ettirish majburiyatini bildirdi.

Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasida 2021-2024 yillarga mo‘ljallangan 83 million yevrolik yangi indikativ hamkorlik dasturi muhokama qilindi. Shu nuqtai nazardan, dasturni qishloq va suv xo‘jaligini modernizatsiya qilish, raqamli va yashil o‘zgarishlarga alohida e’tibor qaratgan holda iqtisodiyotni rivojlantirish hamda Orolbo‘yi hududini ekologik obodonlashtirish hududiga aylantirish bo‘yicha chora-tadbirlarga oid loyiha va tashabbuslar bilan to‘ldirish taklif etilmoqda.

Uchrashuv yakunida muhokama qilingan tashabbuslar doirasida hamkorlikni davom ettirish, shuningdek, yaqin kelajakda turli darajadagi ikki tomonlama tadbirlarni tashkil etish masalalari yuzasidan kelishuvga erishildi.