30 Mart 2022

1-apreldan kuchga kiradigan o’zgarishlar e’lon qilindi

2022-yil 1-apreldan O‘zbekiston qonunchiligida kuchga kiradigan ayrim o‘zgarishlar:

  • 2010-yilgacha bo‘lgan davrda berilgan haydovchilik guvohnomalari haqiqiy emas deb hisoblanadi;
  • Noqonuniy daraxt kesish holatlari haqida xabar berganlarga 270 ming so‘m mukofot beriladi;
  • Jismoniy shaxslarning aksiyalardan oladigan dividendlari daromad solig‘idan ozod qilinadi;
  • Ayrim bog‘chalarga bolalarni 2 yoshdan qabul qilishga ruxsat beriladi;
  • Yolg‘iz yashaydigan keksalar har yili bir marotaba sanatoriylarda bepul sog‘lomlashtiriladi;
  • Mahalliylashtiriladigan farmatsevtika mahsulotlarini kafolatli xarid qilish mexanizmi joriy etiladi;
  • Endokrin kasalliklarni erta aniqlash va maqsadli kuzatish uchun tibbiy kuzatuv va patronajning yangi modeli joriy etiladi;
  • Ayrim sohalardagi tadbirkorlik sub’yektlari uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz etib belgilanadi.
  • Milliy cholg‘u asboblarini ishlab chiqaruvchilarga soliq imtiyozlari beriladi;
  • O‘lim haqida tibbiy guvohnoma berish tartibi bekor qilinadi.
  • Vazirlik va idoralar veb-saytlariga talablar kuchaytiriladi;
  • Mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasining eng kam miqdori oshiriladi;
  • «UzAuto Motors» bilan shartnoma tuzilganda avtomobil shartnoma tuzgan shaxs nomiga rasmiylashtiriladigan tartib kuchga kiradi;
  • Davlat moliyaviy nazorati sohasidagi qoidabuzarliklar haqida xabar berganlarga mukofot to‘lanadi;
  • Poyabzal ishlab chiqaruvchilardan ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz miqdorda undiriladi;
  • Jismoniy shaxslarning aholi xonadonlarida baliq yetishtirish yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv kurslarida o‘qish xarajatlari qoplab beriladi;
  • «Masofaviy elektron deklaratsiyalash» bojxona postlari barcha hududlarda tashkil etiladi.