Bo‘stonliq tumanining turistik salohiyatidan foydalanish samaradorligini yana-da oshirish va rivojlantirish, hududga mahalliy va xorijiy sayyohlarni keng jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar, zamonaviy va sifatli infratuzilmani yaratish maqsadida “Amirsoy” MCHJ qo‘shma korxonasi tomonidan 2019 yil dekabr oyida osma yo‘llar, chang‘i trassalari va joylashtirish vositalarini barpo etishni o‘z ichiga olgan “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurort majmuasi barpo etilgan edi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bo‘stonliq tumanida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish orqali turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 27 avgustdagi 6053-son farmoniga muvofiq, “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurorti majmuasini kengaytirish, loyihaning 2-bosqichini amalga oshirish yuzasidan vazifa belgilangan. Shu maqsadda, loyiha tashabbuskori hamda u tomonidan jalb etilgan xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan umumiy qiymati 75 million yevro bo‘lgan “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurort majmuasi barpo etishning 2-bosqichi to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 16 sentyabrdagi 414-F sonli farmoyishi qarori qabul qilindi.
Loyiha doirasida quyidagilar amalga oshirilishi belgilab olindi:
Mamlakatimiz turistik jozibadorligini oshirishga qaratilgan mazkur loyihani o‘z muddatlarida amalga oshirilishini taʼminlash uchun Davlat tomonidan zarur infratuzilma va tarmoqlarni barpo etishda ko‘mak beriladi.