09 Oktyabr 2020

Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish bo’yicha komissiyaning vazifalari aniqlandi

Hukumat qarori (601-son, 06.10.2020 y.) bilan Eksport va investisiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, Bosh vazirning investisilar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – investisiyalar va tashqi savdo vaziri Hukumat komissiyasi raisi hisoblanadi.

Komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

eksport salohiyatini rivojlantirish;

investisiya loyihalarining samarali amalga oshirilishini ta’minlash;

hududlarda sanoat klasterlarini tashkil etish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish;

oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarni amalga oshirish yuzasidan tasdiqlangan “yo‘l xaritalari»ning ijrosini nazorat qilish.

Hukumat komissiyasining Ishchi organlari:

Vazirlar Mahkamasining Investisiyalar, eksportni qo‘llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati;

Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda korporativ aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti hisoblanadi.