29 Sentyabr 2022

Toshkent yaqinida Big-Bon va Rollton ishlab chiqariladi

“Angren” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi va Vetnam-yapon “Mareven Food Holdings” o‘rtasida Big-Bon va Rollton brendlari ostida tez tayyorlanadigan makaron mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha memorandum imzolandi. Investitsiyalar hajmi qariyb 125 million dollarni tashkil etadi.

“Mareven Food Holdings” Vetnam-Yaponiya xalqaro xoldingi “Angren” erkin iqtisodiy zonasida yirik ishlab chiqarish majmuasini tashkil etish niyatida, deb xabar qildi EIZ matbuot xizmati. Tegishli memorandum tomonlar tomonidan 27-sentabr kuni imzolangan.

Loyiha bir necha bosqichda amalga oshiriladi: ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishning birinchi bosqichi 2023-yilga, yakuniy qismi 2031-yilga mo‘ljallangan.