04 Iyul 2022

“S.Verenin’s Legal Group” va “Shaymardanov & Sabitov” advokatlik firmalari o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

4-iyul kuni Toshkentda “S. Verenin’s Legal Group” boshqaruvchi hamkori (O‘zbekiston Respublikasi) Sergey Ivanovich Verenin va “Shaymardanov & Sabitov” (Tatariston Respublikasi) boshqaruvchi hamkori Robert Rishatovich Shaymardanovning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston loyihalariga Tatariston Respublikasidan investorlarni jalb qilish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi va Tatariston Respublikasi korxonalari oʻrtasida tashqi iqtisodiy operatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha oʻzaro  hamkorlikni tashkil etish maqsadida Tatariston Respublikasida “INVEST IN UZBEKISTAN” loyihasining taqdimotini oʻtkazish rejalari belgilab olindi.

Uchrashuv yakunida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Mazkur kelishuv doirasida jismoniy va yuridik shaxslarga birgalikda yuridik yordam ko‘rsatish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

“Shaymardanov & Sabitov” yuridik firmasi boʻlib, MDH davlatlari, shuningdek, BAAda kompaniyalar yaratish va faoliyat yuritishda huquqiy yordam koʻrsatadi. “Shaymardanov & Sabitov” MCHJ faoliyatining asosiy yo‘nalishi tadbirkorlik, sud va hakamlik amaliyotini har tomonlama huquqiy qo‘llab-quvvatlash, ishbilarmonlik obro‘sini himoya qilish, korporativ huquq va boshqalar. Shaymardanov & Sabitovning mijozlari yetakchi kompaniyalar, jumladan, «TATNEFT», «Belarus MTZ – Tatariston», «SHELDOM» qurilish kompaniyasi va boshqalar.

Ma’lumot uchun: Toshkent viloyatida Qozonning “Ximgrad” texnopolisi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Chirchiq” texnoparki ochildi.