28 Mart 2022

O‘zbekiston va BAA vakillari hamkorlik masalalarini muhokama qildilar

 

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-mart kuni Birlashgan Arab Amirliklari energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuv Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda oliy darajadagi kelishuvlarga muvofiq, birinchi navbatda, savdo, investisiya, innovatsiya, qishloq xo‘jaligi, infratuzilma, logistika va transport sohalarida amaliy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

Ikki davlat vakillari “yashil” energetika sohasidagi hamkorlik natijalarini yuqori baholadilar.