22 May 2022

O‘zbekistonda benzin ishlab chiqarish hajmi 3,7 foizga ko‘paydi

Joriy yilning yanvar – aprel oylari mobaynida O‘zbekistonda 382,3 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarildi.

Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotiga ko‘ra, avtomobil benzini ishlab chiqarishi hajmi o‘tgan yilning shk davriga taqqoslanganda 3,7 foizga ko‘paygan.

Yanvar oyida 97,8 ming tonna, fevral oyida – 98,2 ming tonna, mart oyida – 92,6 ming tonna va aprel oyida 93,7 ming tonna avtomobil benzini  ishlab chiqarilgan.