28 Mart 2022

O‘zbekiston-Rossiya hamkorligi masalalari ko‘rib chiqildi

Toshkent xalqaro investisiya forumi maydonlarida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari – Investisiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqovning Rossiya Federatsiyasi Iqtisodiy rivojlanish vaziri M.Reshetnikov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Savdo, investisiyalar va sanoat kooperasisi sohalaridagi ikki taraflama hamkorlikni olg‘a surish masalalari, shuningdek, o‘tgan yilning dekabr’ oyida Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning oxirgi majlisi chog‘ida erishilgan kelishuvlarning qanday amalga oshayotgani muhokama qilindi.

O‘zbek-Rossiya tovar aylanmasini oshirish bo‘yicha keyingi qadamlar shartlashildi. Taraflar, O‘zbekiston va Rossiyada ishlab chiqarilgan mahsulotlarni o‘zaro yetkazib berilishini oshirish uchun istiqbolli yo‘nalishlarni aniqlash maqsadida ikki mamlakatning tashqi savdosi tahlilini o‘tkazishni kelishdilar. Shuningdek, mavjud savdo to‘siqlarini bartaraf qilish va o‘zaro savdoni faollashtirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar aniqlab olindi.

Shu jabhada O‘zbek-Rossiya ishbilarmonlik kengashining ishini faollashtirish va uning asosida o‘zbek va rossiya tadbirkorlarining aloqa qilishi va savdo operatsiyalarini amalga oshirish uchun axborot-tahlil platformasini tuzish to‘g‘risida shartlashuvga erishildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha taraflar, qo‘shma loyiha va tashabbuslarni rivojlantirishga amaliy ko‘mak berishga, shuningdek, o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini ishlab chiqishga tayyorligini bildirdilar.