28 Mart 2022

Saudiya Arabistoni sog‘likni saqlash sohasida O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirmoqda

Toshkent xalqaro investisiya forumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar jamg‘armasi bilan Dr.Sulaiman AL-Habib Medical Group (HGM) kompaniyasi (Saudiya Arabistoni Podshohligi) o‘rtasida O‘zaro anglashuv to‘g‘risida Memorandumini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

HGM (Dr.Sulaiman AL-Habib Medical Group) Yaqin Sharqning xususiy sektorida tibbiyot xizmatlarining ilg‘or yetkazib beruvchilaridan biri hisoblanadi. Saudiya Arabistoni Podshohligi, Birlashgan Arab Amirliklari va Bahrayn Podshohligining 18 ta tibbiyot muassasasi kompaniya boshqaruvi ostidadir.

Hujjatga muvofiq O‘zbekiston sog‘likni saqlash tizimiga tibbiy ma’lumotlarni raqamlashtirish va markazlashtirish, shuningdek, bemorlar bilan o‘zaro muloqot jarayonlarini takomillashtirish maqsadida zamonaviy texnologiyalar, jumladan, Toshkentning yirik tibbiy muassasalaridan birini HMG yetkazib beradigan IT-yechimlarga ulash bo‘yicha sinov dasturi joriy qilinadi.

Shuningdek, O‘zbekistonda o‘zbek tibbiyot xodimlarini o‘qitish va malakasini oshirish maqsadida HMG tibbiyot akademiyasi tashkil etiladi. Bundan tashqari, har yili kichik tibbiyot xodimlaridan kamida 10 ta xodim har yili malakasini oshirish maqsadida Saudiya Arabistonidagi HMG kasalxonalariga yuboriladi.

Hujjatda Toshkentda HMG ning ilg‘or va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan shifoxona va kasalxonalarining standartlariga muvofiq bo‘lgan zamonaviy ko‘p tarmoqli tibbiy kompleksini yaratish bo‘yicha yangi investisiya loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida ham so‘z boradi.

Memorandumni imzolash marosimi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investisiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov hamda Saudiya Arabistoni Podshohligi investisiyalar vaziri Xolid al-Falih ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Uning ostida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vaziri Behzod Musaev, Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi To‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar jamg‘armasi bosh direktori Otabek Nazirov va HMG ning bosh amaliyotchi direktori doktor Abdulvahob al-Abdulvahob o‘z imzolarini qo‘ydilar.