16 May 2022

Markaziy Osiyo davlatlari Amazon analogini ishga tushirishni muhokama qilmoqda

Markaziy Osiyo davlatlari yagona elektron tijorat platformasini yaratish niyatida.

Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyot vazirlari oʻrinbosarlarining Nur-Sultonda boʻlib oʻtgan yigʻilishida Markaziy Osiyo Amazon loyihasini yaratish muhokama qilindi, deb xabar qildi Qirgʻiziston Iqtisodiyot vazirligi matbuot xizmati.

Yig‘ilishda mintaqa davlatlarining Amazon, eBay, Alibaba, AliExpress kabi global elektron tijorat platformalariga kirishi uchun sa’y-harakatlarini birlashtirish ham taklif etildi.

Bundan tashqari, uchrashuvda Markaziy Osiyo mamlakatlari mahsulotlarini Yevropa Ittifoqi bozoriga birgalikda olib chiqish masalasi muhokama qilindi.

Shuningdek, Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻiziston vakillari chegaralardagi savdo va boshqa maʼmuriy rasmiyatchiliklarni soddalashtirish boʻyicha qoʻshma yechimlar ishlab chiqishni rejalashtirmoqda.

Oxirgi yillarda Markaziy Osiyo davlatlari integratsiyaga, jumladan, savdo-sotiqqa intilmoqda. Shunday qilib, 2021-yil noyabr oyida O‘zbekiston va Qozog‘iston eksportni jadallashtirish dasturi orqali o‘z tovarlarini eksport qilishda hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

2022-yil boshida Shavkat Mirziyoyev hamkorlikni chuqurlashtirish, shuningdek, “intellektual Ipak yo‘li” platformasini yaratishni taklif qilgan edi. Keyinroq Toshkent sarmoya forumida ITSV rahbari Sardor Umurzoqov mintaqada umumiy makon yaratish va savdo to‘siqlarini olib tashlashga chaqirdi.