01 Avgust 2022

Turkiyalik investor O‘zbekistonda ayollar poyabzali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi

“O‘zcharmsanoat” uyushmasida Turkiyalik investor janob Emin Deniz bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar mavzusi O‘zbekistonga sarmoya jalb etish, mamlakatimizda charm-poyabzal sanoati uchun yangi korxona tashkil etish tashabbusi.

Uchrashuv avvalida mehmon O‘zbekistondagi charm-poyabzal sanoatining ishlab chiqarish salohiyati bilan tanishtirildi. Assotsiatsiya rahbariyati unga mamlakatimizda xorijiy investorlar uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar, soliq va bojxona imtiyozlari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Muzokaralar chogʻida janob Emin Deniz Oʻzbekistonda ayollar poyabzali ishlab chiqarish niyatida ekanligini maʼlum qildi. Mehmonning ta’kidlashicha, davlat ko‘magi tufayli bugungi kunda ko‘plab turk kompaniyalari O‘zbekistonga sarmoya kiritishga qiziqish bildirmoqda.

Yig‘ilishda Samarqand viloyatida barpo etiladigan yangi korxonani tashkil etish shartlari atroflicha muhokama qilindi. Poyafzal uchun tayyor charm va tagliklar ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish taklifi ma’qullandi. Hamkorlikning keyingi istiqbollarini belgilash maqsadida muzokaralarning navbatdagi raundini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Yangi korxona mahsulotlari Rossiya va Yevropa mamlakatlari bozorlariga eksport qilinadi. Butun assortiment faqat haqiqiy charm va materiallardan yaratiladi.

Uchrashuv yakunida hamkorlikning keyingi istiqbollari atroflicha tahlil qilindi.