08 Aprel 2022

Eksport va import bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar uchun qulaylik

Endilikda Xalqaro yo‘llarda tashish (TIR – Transports Internationaux Routiers) kitobidan foydalangan holda xalqaro tashishlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma my.gov.uz orqali olinadi.

Ruxsatnomaning amal qilish muddati cheklanmagan va xizmat mutlaqo bepul.

Nima uchun kerak?

Xalqaro tashishlar TIR kitobidan foydalangan holda amalga oshirilganda, tovarlar oraliq bojxona organlaridan olib kirish yoki olib chiqishda boj va soliqlarni to‘lash yoki depozitga qo‘yishdan ozod etiladi.

TIR tartib-taomiliga ko‘ra, muhrlangan transport vositalarida, muhrlangan transport vositalarining tarkibida yoki konteynerlarda tashilgan tovarlar oraliq bojxona organlarida bojxona ko‘rigidan ozod qilinadi. Bunda transport vositalariga “TIR” yozuvli lavha yopishtirilishi lozim.