01 May 2022

Elektrotexnika va innovatsion texnologiyalar sohasida O‘zbekiston va Xitoy hamkorligi mustahkamlanmoqda

O‘zbekiston elchixonasida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi vakolatxonasi, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi hamda Xitoy uskunalari va elektrotexnika eksporti va importi palatasi bilan hamkorlikda tegishli idoralar va kompaniyalari o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokamasiga bag‘ishlangan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuvda elektrotexnika va innovatsion texnologiyalar sohasida hamkorlik masalalari ko‘rib chiqilib, o‘zaro manfaatli ishlab chiqarish loyihalarini birgalikda amalga oshirish imkoniyatlari taqdim etildi.

Istiqbolli loyihalar va texnologiyalar boʻyicha axborot almashish mexanizmini yaratish, sarmoyalarni jalb qilish boʻyicha maslahatlar berish, savdoni rivojlantirish, qoʻshma koʻrgazmalar tashkil etish va oʻtkazish, shuningdek, potentsial hamkor kompaniyalar uchun takliflar ishlab chiqish kabi sohalarda hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolash boʻyicha kelishuvga erishildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar may oyida ikki davlatning profil kompaniyalari ishtirokida biznes-forum o‘tkazishga kelishib oldilar.