01 Mart 2020

O‘zbekiston aeroportlari samolyotlarga xizmat ko‘rsatish stavkalarini pasaytiradi

1-martdan boshlab barcha viloyat aeroportlariga kelayotgan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish stavkasi bekor qilinadi va xorijiy aviakompaniyalarning yuk reyslarida yuklarni ortish xizmatining stavkasi pasaytirildi.

Shu bilan birga, xorijiy aviakompaniyalarning biznes-klass yo‘lovchilari uchun Toshkent xalqaro aeroportining Business Lounge yuqori qulaylikka ega zalida xizmat ko‘rsatish narxi arzonlashtirildi.

“Xorijiy aviakompaniyalarning respublika aeroportlarida parvozlarni amalga oshirish xarajatlarini pasaytirish mamlakat aholisi va chet ellik sayyohlar uchun aviachiptalar narxini pasaytirishga yo‘naltirilgan, bundan tashqari, yuklarni tashish uchun tariflarning pasaytirilishi mamlakatning eksport salohiyatini yanada rivojlantirishga yordam beradi”, — deyiladi xabarda.

Manba: Daryo.uz