13 Aprel 2022

O‘zbekiston 14 davlatga mebel mahsulotlarini eksport qildi

2022-yilning dastlabki ikki oyida O‘zbekiston 14 xorijiy davlatga 1,6 million dollarlik mebel mahsulotlari eksport qildi. Bu haqida Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Mebel mahsulotlari eksporti o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,1 million AQSH dollariga oshdi.

2022-yil yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston eng ko‘p mebel eksport qilgan davlatlar:

Qirg‘iziston Respublikasi – 824 ming;

Qozog’iston – 350 ming;

Tojikiston – 146 ming;

Rossiya – 107 ming;

Hindiston – 89 ming;

AQSh – 20 ming;

Koreya – 13 ming;

Ozarbayjon – 4,8 ming;

Turkmaniston – 1,5 ming;

Germaniya – 1,4 ming AQSh dollari.