23 Mart 2022

O‘zbekiston va Belarus sanoat sohasida hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor

Belarus va O‘zbekiston sanoat sohasida hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor.

Bu haqda sanoat vaziri o‘rinbosari Dmitriy Xaritonchik va O‘zbekiston Respublikasining Belarusdagi muvaqqat ishlar vakili Rahmatulla Nazarov o‘rtasidagi uchrashuvda so‘z yuritildi, deya xabar beradi BelTA Belarus sanoat vazirligi matbuot xizmati. Uchrashuvda o‘tgan yilgi tashqi iqtisodiy faoliyat yakunlari muhokama qilindi. Xususan, so‘nggi yillarda ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlashda ijobiy dinamika qayd etildi. Tomonlar respublikalarning sanoat tarmoqlari o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada izchil rivojlantirish zarurligini tasdiqladilar.
Bundan tashqari, birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida va «Innoprom. Markaziy Osiyo» ko’rgazmasida Belarus sanoat korxonalarining bo’lajak ishtiroki bo’yicha asosiy tadbirlar belgilangan.