03 Avgust 2022

O‘zbekiston birinchi yarim yillikda 14,5 milliard dollarlik mahsulot va xizmatlar import qildi

2022-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonga import hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 27,4 foizga oshdi.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, birinchi yarim yillikda mamlakatimizga 14,56 milliard dollarlik mahsulot va xizmatlar import qilingan.

Hisobot davrida respublikaga mahsulot importi 13,45 milliard dollarni, xizmatlar importi esa qariyb 1,1 milliard dollarni tashkil etdi.

Import tarkibi:
•  mashina va uskunalar (33,9%)
•  sanoat mahsulotlari (18,9%)
•  kimyo mahsulotlari (13,7%)
•  oziq-ovqat (11,1%)
•  xizmatlar (7,5%)
•  mineral yoqilg‘ilar (5%)
•  turli tayyor mahsulotlar (4,5%)
•  boshqa tovarlar (5,3%)