01 Iyul 2022

O‘zbekiston – BAA: strategik sheriklikning yangi yo‘nalishlari

O‘zbekiston delegatsiyasining BAAga tashrifi doirasida Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri devonining vakillari Xolid Al-Harmudiy va Alia Al-Janaxiy bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar chog‘ida strategik tadbirlarning amalga oshirilishini monitoring qilish va nazorat qilish tizimini “nazorat paneli”ni joriy etish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Mazkur tizim O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga yaqinda O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida BAA Vazirlar Mahkamasi vaziri Muhammad Abdulla Al-Gergaviy tomonidan taqdim etilgan edi.

Arab tomoni monitoring tizimini amaliyotga tatbiq etish jarayonida Strategik rivojlanish agentligi mutaxassislarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

Bundan tashqari, BAA Bosh vaziri devonida BAA hukumati va davlat organlari tomonidan qo‘llaniladigan integratsiyalashgan ADAA tizimining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv yakunlari boʻyicha ikki tomonlama hamkorlikning keyingi bosqichlari, jumladan, byudjet mablagʻlarini taqsimlash va oʻzlashtirilishini monitoring qilish boʻyicha mavjud jarayonlarga zarur oʻzgartirishlar kiritish, manfaatdor tomonlar uchun treninglar oʻtkazish, shuningdek, hamkorlik doirasidagi boshqa tadbirlar boʻyicha kelishuvga erishildi. loyiha.