06 May 2022

O‘zbekiston joriy yilning birinchi choragida 700 mingdan ortiq mobil telefon import qildi

Yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga 49,9 million dollarlik 700 283 dona mobil telefon import qilingan.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning mos davriga nisbatan telefonlar importi 260 878 taga oshgan.

Mamlakatga 9 davlatdan mobil telefonlar olib kirildi. Eng koʻp Xitoy (533704), Vetnam (92639), Hindiston (36698), BAA (33620) va Qozogʻistonda (3518) xarid qilingan.