17 Iyun 2022

O‘zbekistonda yanvar-may oylarida 126,47 ming dona avtomobil ishlab chiqarilgan

O‘zbekistonda 2022-yilning yanvar-may oylarida 126,47 ming dona avtomobil ishlab chiqarilgan. Bu haqida O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning shu davriga nisbatan ishlab chiqarish oʻsishi 40,68 ming tonnani tashkil qilgan.

May oyida 10,22 ming donadan ortiq Cobalt avtomobillari, 9,07 ming dona Lacetti-Gentra, 6,06 ming dona Damas, 1,71 ming dona Spark va 2,17 ming dona Nexia T-250 ishlab chiqarilgan. Shuningdek, may oyida 2,06 ming dona ixtisoslashtirilgan avtomobil ishlab chiqarildi.