15 Oktyabr 2019

O’zbekiston oltin zaxiralari bo’yicha yigirmata mamlakat qatoriga kirdi

«World Gold Council» e’lon qilgan ma’lumotlarga ko’ra, O’zbekiston oltin zaxiralari bo’yicha dunyoning yigirmata mamlakatlari qatoriga kirdi va 17-o’rinni egalladi.

Oltin zaxirasi 325,7 tonnani tashkil etadi. Bu mamlakat jami zaxirasining 56,2 foizini tashkil etadi. O’zbekistonga eng yaqin raqobatchilar Turkiya va Saudiya Arabistoni bo’lishdi, ular mos ravishda 16 va 18 o’rinlarda joylashgan.

Birinchi o’rinni 8133,5 tonna zaxirasi bilan AQSh egallaydi. Ikkinchi o’rinda Germaniya (3366,8 tonna), undan keyin Xalqaro valyuta jamg’armasi (2814 tonna). Shuningdek, kuchli beshlikka Italiya (2451,8 tonna) va Frantsiya (2436,1 tonna) kirdi.