18 Avgust 2022

O‘zbekiston Saudiya Arabistoni fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qildi

O‘zbekiston Saudiya Arabistoni fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz rejim joriy qilmoqda. Bu haqida O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni bilan vizasiz rejim joriy etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Saudiya Arabistoni bilan vizasiz rejim 2023-yil 1-yanvardan joriy etiladi.

Saudiya Arabistoni fuqarolari O‘zbekistonga kirishda qaytish yoki uchinchi davlatga aviachipta taqdim etishlari shart.