24 Oktyabr 2019

O‘zbekiston «Biznes yuritish 2020» reytingida dunyoning 190 mamlakati orasida 69-o‘rinni egallab

2019 yilda O‘zbekiston «Biznes yuritish» reytingida dunyoning 190 mamlakati orasida 69-o‘rinni egallab, 100 balldan 69,9 ball to‘pladi. 2018 yildan beri mamlakat 76-pog‘onadan 7 o‘rin yuqoriga ko‘tarildi. Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi boshqa to‘rtta davlat – Tojikiston, Ozarboyjon, Qirg‘iziston va Kosovo bilan birgalikda O‘zbekiston ishbilarmonlik muhitini yaxshilashda eng katta yutuqlarga erishgan 20 mamlakat qatoriga kirdi.

Ushbu sohadagi asosiy islohotlar quyidagilar:

asosiy korporativ qarorlar qabul qilishda aksiyadorlarning huquqlari va o‘rnini kengaytirish, mulkchilik va boshqaruv tuzilmalarini aniqlashtirish, shuningdek, korporativ shaffoflikni oshirish orqali minoritar investorlar himoyasini kuchaytirish;

ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga soliqlarini daromad solig‘i bilan birlashtirish orqali soliqqa tortishni soddalashtirish;

xatarga asoslangan bojxona nazorati mexanizmini joriy etish, shuningdek, import hujjatlariga talablarni yengillashtirish orqali xalqaro savdoni soddalashtirish;

ixtiyoriy mediatsiya to‘g‘risida qonun qabul qilish orqali shartnomalar ijrosini soddalashtirish, shuningdek, taraflarni nizolarni mediatsiya orqali hal qilishga undash uchun moliyaviy rag‘batlar yaratish.

Manba: Kun.uz