14 Sentyabr 2022

O‘zbekiston va tojikistonlik ishbilarmonlar hamkorlikda 12 ta yangi shartnoma imzoladilar

Sug’d va Farg’ona viloyatlari ishbilarmon doiralarining biznes-forumi doirasida O’zbekiston va Tojikiston vakillari o’rtasida yangi ishbilarmonlik shartnomalari imzolandi. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, ikki davlat vakillari oʻzaro muzokaralar olib bordi, unda toʻqimachilik, qurilish, charm-poyabzal sanoati, shuningdek, qishloq xoʻjaligi, turizm, madaniy-gumanitar aloqalar sohalarida hamkorlikni rivojlantirish muhimligi qayd etildi.

Bundan tashqari, ikki davlat vakillari Fargʻona va Xoʻjand shaharlari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyish, viloyatlar oʻrtasida avtobus qatnovini koʻpaytirishga kelishib oldilar.