15 Iyul 2022

O‘zbekiston eksport kompaniyasi Xitoyda vakolatxonasini ochdi

Xitoyning Shandun provinsiyasining Tsindao shahri markazida O‘zbekistonning BMB Trade Group kompaniyasining vakolatxonasi ochildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.

Bu, o‘z navbatida, xitoylik hamkorlar va tadbirkorlik subyektlari bilan yaqindan hamkorlik qilish uchun qulay shart-sharoit yaratishga xizmat qilmoqda.

So’nggi yillarda BMB Trade Group jahon iqtisodiyotida va Sharq mamlakatlari orasida katta ulushga ega bo’lgan Xitoy kompaniyalari bilan ko’plab sohalarda hamkorlik qilib kelmoqda.

Xususan, xitoylik hamkorlar bilan hamkorlikda O‘zbekistonda yetishtirilgan quritilgan meva va dukkakli mahsulotlarni eksport qilish, Xitoydan yuqori texnologiyali uskunalar olib kelish keng yo‘lga qo‘yilgan.

Xitoyda BMB Trade Group vakolatxonasining ochilishi yuqoridagi va boshqa qator savdo-iqtisodiy sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoit va imkoniyatlar ochmoqda.