UZCARD va «Innotex» hamkorlikdagi Startup Bridge xalqaro akseleratsiya dasturi yakunlari bo‘yicha Demo Day o‘tkazdi.
Sakkizta startap UZCARD Ventures fondi bilan 550 000 AQSH dollariga investitsiya oldidan shartnoma imzoladi, deb xabar qildi UZCARD matbuot xizmati.
Startup Bridge 2022-yil fevral oyida ishga tushirilgan. Qo‘shma dasturdan maqsad istiqbolli fintex startaplarini izlash va rivojlantirish, shuningdek, xalqaro IT maydoniga yangi texnologiyalarni joriy etishdan iborat edi.
Yosh tadbirkorlar professional murabbiy va trekerlar ko‘magida 10 haftalik kursni tamomladilar. Bundan tashqari, uning doirasida bepul Startup Day seminari o‘tkazildi.
UZCARD Ventures quyidagi startap-loyiha asoschilari bilan shartnoma imzoladi:
Jamg‘arma mahalliy va xorijiy investorlar hamda venchur kapitalistlarni loyihalarga birgalikda sarmoya kiritishga chaqirdi.