23 Iyul 2022

Toshkent shahrida 4,6 trillion so‘mlik mashina va uskunalar ishlab chiqarishga yo‘naltirildi

Davlat statistika qoʻmitasining maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-mart oylarida asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan investitsiyalar texnologik tuzilmasida Toshkent shahriga mashina, asbob-uskunalar, transport vositalari va inventar sotib olishga yoʻnaltirilgan investitsiyalar 4596,2 milliard soʻmni tashkil etdi.

Shuningdek, qurilish-montaj ishlariga yo‘naltirilgan investitsiyalar 3155,7 milliard so‘mni va boshqa xarajatlar 783,6 milliard so‘mni tashkil etdi.