17 Avgust 2022

Xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar iqtisodiyotning qaysi tarmoqlarida koʻproq?

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yil 1-avgust holatiga respublikamizda xorijiy kapital ishtirokidagi faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar soni 14546 ta, shundan 6267 tasi qo’shma korxonalar, 8279 donasi xorijiy korxonalar, ularning iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha soni quyidagicha aks ettirildi:

  • savdo sohasida – 4290 dona;
  • sanoatda – 4190 dona;
  • qurilishda – 1181 dona;
  • qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida – 737 dona;
  • turar joy va ovqatlanish sohasida – 600 dona;
  • axborot va kommunikatsiya sohasida – 550 birlik;
  • tashish va saqlash sohasida – 403 dona;
  • sog’liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlarda – 221 birlik;
  • boshqa sohalarda – 2374 dona.