18 Sentyabr 2019

Qashqadaryo viloyatida «Chirokchi» MIZ tashkil etilmoqda

Prezidentimiz Qashqadaryo viloyatining ishlab chiqarish salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish va yuqori texnologiyali va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishga to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarni jalb qilish maqsadida Qashqadaryo viloyatida «Chirokchi» erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish to’g’risida farmonni imzoladi.

«Chirokchi» EIIZ faoliyatining davomiyligi 30 yilni tashkil etadi, keyinchalik uni uzaytirish imkoniyati mavjud. «Chirokchi» EIIZ qatnashchilari quyidagi to’lovlardan ozod qilinadi:

er solig‘i, daromad solig‘i, yuridik shaxslar mulk solig‘i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi, shuningdek, Respublika yo‘l jamg‘armasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasiga majburiy ajratmalaridan;

mamlakatimizda ishlab chiqarilmaydigan va loyihalarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha chetdan keltiriladigan qurilish materiallarini bojxona to‘lovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish yig‘imlari bundan mustasno);

o‘zining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun chetdan keltiriladigan asbob-uskunalar, xomashyo, materiallar va butlovchi buyumlarni bojxona to‘lovlaridan ozod etish (bojxonada rasmiylashtirish yig‘imlari bundan mustasno) to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.