18 Mart 2022

Oʻzbekistonda tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash shtabi ish boshladi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha shtab oʻz ishini boshladi.

Shtabda turli sohalar yoʻnalishlariga ixtisoslashgan kichik guruhlarga taqsimlangan mamlakat vazirliklari va idoralari xodimlari faoliyat koʻrsatmoqda, jumladan:

  • investitsiyalarni jalb qilish va yangi ishlab chiqarish obyektlarini tashkil etish;
  • tashqi savdo, transport va tranzit boʻyicha salohiyatni rivojlantirish;
  • xalqaro hamkorlikni targʻib qilish;
  • importni optimallashtirish va boshqalar.

Shtab xodimlari mahalliy tadbirkorlar, ishlab chiqaruvchilar va eksportchilar oʻz amaliyotlarida duch keladigan tizimli va xususiy xarakterdagi muammolarni aniqlash maqsadida ular bilan manzilli tarzda hamkorlik qilib kelmoqda.