18 May 2022

O‘zbekiston joriy yilning birinchi choragida Erondan 12 ming tonna olma import qildi

Yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga 12 xorijiy davlatdan 6,3 million AQSh dollari miqdorida 16,3 ming tonna olma import qilingan.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, olma importi hajmi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 15,5 ming tonnaga yoki qariyb 20 barobarga oshgan.

Shu bilan birga, mamlakatimiz Eron (12 ming tonna), Ukraina (1,4 ming tonna), Moldova (1,2 ming tonna), Polsha (1,1 ming tonna) va Turkiyadan (527 tonna) olma sotib oldi.