26 Avgust 2022

Birinchi yarim yillikda O‘zbekistonga 50 trillion so‘mga yaqin xorijiy investitsiya kiritildi

Yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda asosiy kapitalga 48 trillion so‘m xorijiy investitsiyalar va kreditlar o‘zlashtirildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi muxbiri

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, ularning 5,2 foizi toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar va kreditlar, 44,7 foizi Oʻzbekiston kafolati ostidagi xorijiy kreditlar hissasiga toʻgʻri keldi.

Xorijiy investitsiyalar va kreditlar hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 91,8 foizni tashkil etdi.